So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

12 avg 17:01
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov Xitoyda O'zbekiston sport delegaciyasi hamkorlari bilan uchrashdi

Teglar :  Jasur Matchanov
O'zbekiston sport delegaciyasi XVIII Osiyo o'yinlari davomida Xitoyning QIERTE Co. Ltd kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan "PRES-JOG" brendi ostidagi sport ekipirovkalaridan foydalanadi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ilk marotaba Osiyo o'yinlari uchun sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan homiylik asosida kelishuvga erishdi. Odatda bunday shartnomalar Olimpiya o'yinlari uchun imzolanardi. Bu safar esa qitamizning to'rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida O'zbekiston bilan hamkorlik qilish, o'z brendini mamlakatimiz sport delegaciyasi orqali reklama qilish istagida bo'lgan xorijiy kompaniyalar etarlicha topildi. Uzoq davom etgan muhokamalardan so'ng aynan Xitoyning "PRES-JOG" brendi tanlandi. Bunda har tomonlama qulaylik, dizayn, musobaqa o'tkaziladigan joy iqlimi va boshqa masalalar ham hisobga olindi. Qayd etib o'tish lozimki, kompaniya tomonidan sakkizta sport turi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar uchun maxsus sport kiyimlari ham tayyorlab berildi.

Kuni kecha Xitoyda mazkur hamkorlik yuzasidan "PRES-JOG" brendining taqdimoti o'tkazildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan Bosh kotib Jasur Matchanov ishtirok etdi. Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikning kelajak uchun rejalari, keyingi musobaqalarga ham homiylik masalalari, o'zaro aloqalarini yanada mustahkamlash, O'zbekiston futbol associaciyasi bilan ham kelishuvga erishish, navbatdagi loyihalarning yanada mukammal ko'rinishga kelishi bo'yicha fikrlar bildirildi. Ushbu hamkorlikning navbatdagi bosqichi doirasida Toshkentda ham ana shunday taqdimot marosimi tashkil qilish rejalashtirildi.

Katta tadbirda 3000 nafardan ziyod mehmon qatnashdi. Unda O'zbekiston sport delegaciyasi liboslari taqdimotidan tashqari mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa liboslar ham namoyish etildi.

Malumot uchun, "PRES-JOG" yangi brend hisoblanadi va shu yil bahorda AQSHdagi mashhur "Times Square"da o'z taqdimotini o'tkazdi. Kompaniya Evropa va Osiyo bozoriga kirib kelmoqda. Tez orada mazkur qitalar bo'ylab tur uyushtiradi va sentyabr oyida O'zbekistonga ham tashrif buyuradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing