25 jan 11:34
Yangiliklar
MOQ Nafasov bilan bog'liq mojaroga oydinlik kiritadi
Biroq, zamonaviy sport infratuzilmasini barpo etish hamda jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar, kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to'liq foydalanishiga to'sqinlik qilmoqda.
Jumladan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo'naltirilgan moliyaviy mablag'lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo ichki nazoratning moliyaviy mablag'lardan oqilona foydalanishni taminlaydigan va ushbu sohada suiistemolchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmdan amaliyotda noto'g'ri foydalanilayotganligi qator muammolarni yuzaga chiqarmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli Farmonida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi olimpiya sport turlari bo'yicha sportchilar, trenerlar va boshqa sport mutaxassislarini tayyorlash hamda olimpiya sport turlarini rivojlantirish qismi bo'yicha jismoniy tarbiya va sport subektlari, shu jumladan, Vazirlikning faoliyatini muvofiqlashtirishi belgilab qo'yilgan. Farmonga ko'ra, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga sportchilarni tayyorlash doirasida sport federaciya (associaciya)lari uchun ajratilayotgan homiylik mablag'lari O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida jamlanishi hamda sport federaciya (associaciya)lari faoliyatini maqsadli moliyalashtirishga va shu jumladan etuk xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilish uchun sarflanadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2018 yil 2 apreldagi 35-sonli bayoniga muvofiq, sport federaciya (associaciya)lari uchun belgilangan mablag'larning maqsadli va to'g'ri sarflanishiga O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi masul hisoblanadi.
Ushbu talablardan kelib chiqib, sport federaciya (associaciya)lari faoliyatini tashkil qilish, ularni tegishli sport inventarlari bilan taminlash, mahalliy va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari, xalqaro musobaqalarda milliy terma jamoa azolarining ishtiroki uchun ajratilgan mablag'larni to'g'ri va maqsadli sarflanishi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining doimiy etibori va nazoratida.
SHu munosabat bilan, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi ajratilgan mablag'larni amaldagi qonunchilik talablari asosida to'g'ri va maqsadli ishlatilishi holatlarini sport federaciya (associaciya)lari tomonidan taqdim etilgan texnik va moliyaviy hisobotlar asosida doimiy ravishda tahlil qilib kelmoqda. O'z navbatida, tahlil natijalari bo'yicha hamda ayrim sport federaciya (associaciya)lari rahbarlarining xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarda bayon etilgan vajlarga baho berish va qonuniy qaror qabul qilish uchun taalluqliligi bo'yicha huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilmoqda.
Xuddi shunday, O'zbekiston Karate Milliy federaciyacining sobiq rahbarlari xatti-harakatlaridan norozi bo'lgan bir guruh sportchilarning shikoyatlari o'rganib chiqilib, natijasiga ko'ra, to'plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan 2018 yil 31 oktyabrda N.Iminovning murojaati yuzasidan yuborilgan so'rov xatiga asosan mavjud hujjatlar prokuratura idoralariga taqdim etilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan O'zbekiston Karate Milliy federaciyasi sobiq rahbari Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167 va 165-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, tergovga tegishliligi masalasini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan.
O'tkazilgan tekshiruvlarda N.Nafasovning 2018 yil 16 maydan boshlab, yani O'zbekiston Karate milliy federaciyasi raisi lavozimiga tayinlangan kundan 2018 yil 1 dekabrgacha bo'lgan faoliyati tekshirilganda 4 ta holatda 125,5 mln.so'mdan ziyod pul mablag'lari maqsadsiz va ortiqcha sarflanganligi aniqlangan.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan bu kabi salbiy holatlarni kelgusida oldini olish, sport federaciya (associaciya)lariga ajratilgan moliyaviy mablag'lardan oqilona foydalanishni taminlash, xodimlar o'rtasida ijro va mehnat intizomini mustahkamlash hamda sohada suiistemolchilik va korrupciya holatlarini bartaraf etishga qaratilgan tegishli tushuntirish va profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.
Fikrlar