So’nggi yangiliklar

17:54Хамзат Чимаев Москвада жанг қилади! Рақиб ҳам аниқ (ПОСТЕР) 0 17:15Ўзбекистонда UFC турнири ўтказилса, марказий жангда қайси ҳамюртимиз иштирок этиши маълум 0 16:33"Бунёдкор"да пул йўқ: Тошкент клуби Навоийга бора олмайди 0 15:50Мирафзал Ахтамовнинг PFL Лигасидаги кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:07Баскетболчи қизларимиз Осиё ўйинларидаги рақибларини билиб олди 0 14:27Жон Жонс Федор Емельяненкони мағлуб этган бўлиши мумкинлигини айтди 0 13:50Мурод Алиев "Пахтакор" билан ўйинда кўтарилган баннер ҳақида: "Шу ерда раҳбар бўлиб нотўғри иш қилаётган жойимиз йўқ" 0 13:17Расман! Лазизбек Мулложоновнинг проф боксдаги кейинги жанги тасдиқланди. У Жалоловнинг собиқ рақиби билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:49Қозоғистон дзюдо терма жамоаси Осиё ўйинлари учун таркибини эълон қилди 0 12:24Ислам Махачев: "Конор Макгрегордан кўнглим қоляпти" 0 11:55ФИФА Аргентина терма жамоасига нисбатан учта банд бўйича суриштирув бошлади 0 11:17Пойтахтимизда 600 нафардан зиёд таэквондо усталарини бир нуқтада бирлаштирган "Tashkent Summer Camp-2026" йиғини ўтказилмоқда 0 10:43UFC 330 турнири яна бир жангини йўқотди 0 10:06Бектемир Мелиқўзиев ESPN рейтингидан жой олди 0 09:34Ўзбекистон МТЖ аъзоси жароҳат сабабли камида бир ой майдонга тушмайди 0

01 jan 18:58
Yangiliklar

Dzyudo

MOQ rahbari safarga jo'nab ketayotgan dzyudochilar bilan uchrashdi FOTOGALEREYA

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi birinchilardan bo'lib sportchilarimizning yangi yildagi xalqaro ishtirokini boshlab beradi.

Xabar berganimizdek, 11-13 yanvar kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida "Masters" seriyasiga kiruvchi yilning dastlabki nufuzli musobaqasi bo'lib o'tadi. "Masters" turniri nufuzi jihatidan jahon chempionatidan so'ng turishi bois, ushbu musobaqaga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Har bir vazn toifasida dunyoning eng kuchli 32 nafar dzyudochisi medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. G'oliblar Tokio Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli 1800 reyting ochkosiga ega bo'ladi. 

Taqqoslash uchun, jahon chempionati g'olibi 2000 reyting ochkosini qo'lga kiritadi. Olimpiadagacha IJF taqvimidagi musobaqalar barmoq bilan sanarli ekanini inobatga olsak, Qatardagi turnirning nechog'liq qiymati yuqoriligi oydinlashadi. 

SHularni inobatga olgan holda bugun kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati dzyudochilar hamda murabbiylar shtabi bilan uchrashdi. O'zbekiston dzyudo federaciyasi majlislar zalida o'tgan tadbirda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, rais o'rinbosari SHerzod Tashmatov ishtirok etdi. Yig'ilish avvalida O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov, murabbiylar shtabi azosi Ravshan Ahmadjonov, bosh murabbiy Ilias Iliadis terma jamoamizning yangi mavsum, xususan "Masters" turniriga tayyorgarligi yuzasidan axborot berishdi.     

"Mana Olimpiada yilini ham boshlab oldik. Bundan buyon kunlar juda tez o'tib ketadi. Har bir o'tayotgan kun sizlarni to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga yaqinlashtiradi. Tabiiyki, bu har biringizga katta masuliyat yuklaydi. O'zingizga nisbatan talabni kuchaytirib bormas ekansiz, maqsadga erishish qiyin bo'ladi. Endi hech qanday sabab va bahonalar o'tmaydi. Pandemiyada barcha davlat sportchilari bir xil sharoitda bo'lishdi. Oxirgi ikki oyni oladigan bo'lsak, sizlar hatto boshqalardan ko'ra yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'ldinglar. Toshkentda bir nechta davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etib berdik. Jahon chempionati g'olib va sovrindorlari bilan birga mashg'ulot o'tkazdinglar. Qizlarimiz Isroil va Albaniyadagi xalqaro mashg'ulotlarda ishtirok etib qaytishdi. Menimcha, tayyorgarlik hamda sharoitlar bo'yicha hech qanday muammo bo'lmadi. Agar kamchiliklar bo'lsa hozir aytinglar", - dedi R.SHoabdurahmonov. 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov xizmat safarida bo'lgani bois, bugungi yig'ilishni ZOOM platformasi orqali kuzatib bordi.

"Rustam Mavzurovich, avvalo dam olish kuni bo'lishiga qaramay, dzyudochilarimiz bilan uchrashish uchun kelganingizdan xursand bo'ldik. Haqiqatan ham, siz aytgan gaplar har bir dzyudochi yuragining tub-tubigacha etib borishi shart. Olimpiadaga hech qancha vaqt qolmadi. Sanoqli qolgan musobaqalarda imkon qadar ko'proq ochko yig'ib, reytingdagi o'rinlarni mustahkamlab olish lozim. Endi faqat natija talab qilinadi. Rustam Mavzurovich aytganlaridek, hech qanday bahonalar o'tmaydi. Hamma maksimal darajada harakat qilishi kerak. Reytingda qancha yuqorida bo'lsangiz, olimpiya o'yinlariga qura tashlanganida, nisbatan kuchsiz raqiblar bilan to'qnash kelasiz. Buni mendan ham ko'ra yaxshi bilasizlar. O'z g'alabalaringiz bilan xalqimizni xursand qiling. Bildirilayotgan ishonchni oqlang!", - dedi A.Kamilov. 

Yig'ilish so'nggida Rustam SHoabdurahmonov safarga jo'nab ketish arafasida turgan dzyudochilarimizga oq yo'l tiladi. Dyusseldorf va Parijda bo'lgani kabi Qatardan ham medallar bilan qaytishlariga tilak bildirdi. O'z o'rnida terma jamoamiz azolari ham bo'lajak musobaqada borlarini berib harakat qilishga vada berishdi. 

Malumot uchun, Qatar "Masters" turniri 11-13 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. 3-10 yanvar kunlari oralig'ida esa ishtirokchi davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkaziladi. Terma jamoamiz delegaciyasi bugun tunda Toshkent - Istanbul - Doha avia yo'nalishi bilan Qatar poytaxtiga jo'nab ketadi.        

Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing