So’nggi yangiliklar

19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0

09 jan 21:50
Yangiliklar

Sport kurashlari

MOQ rahbari yunon-rum kurashchilar bilan uchrashdi

Yangi yil bayrami sabab yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffus yakunlanib, sportchilar yana o'quv-mashg'ulot yig'inlari hamda musobaqalarga qaytishdi.

Jumladan, yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham poytaxtda jam bo'ldi. 

Reja bo'yicha "klassiklarimiz" 11-18 yanvar kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida o'tkaziladigan "Gran Prix Zagreb Open 2021" turnirida ishtirok etishadi. Bu yunon-rum kurashi terma jamoamizning bir yillik tanaffusdan so'ng qatnashadigan birinchi xalqaro musobaqasi hisoblanadi. 

Zagreb turniri yakuniga etishi bilan Xorvatiya davlatining Porech shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlanadi. "Gran Prix Zagreb Open 2021" musobaqasi qatnashgan aksariyat terma jamoalar 18-29 yanvar kunlari oralig'ida o'tkaziladigan ushbu xalqaro mashg'ulotlarda ishtirok etadi. 

Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi yunon-rum kurashchilarimiz 11 yanvar kuni tong saharda Xorvatiyaga jo'nab ketishadi. Safar oldidan Milliy olimpiya qo'mitasida terma jamoamiz azolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, rais o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov, terma jamoa murabbiylari hamda kurashchilar hozir bo'lishdi.       

R.SHoabdurahmonov uchrashuv chog'ida terma jamoaning har bir azosi bilan alohida suhbatlashdi. Ularning oilaviy sharoiti, qiynayotgan muammolari bilan qiziqdi. Kichik muammo ham masuliyatli musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchiga salbiy tasir o'tkazishi, pirovardida natijalar kutilganidek bo'lmasligi aytildi.

"Rio Olimpiadasida 4 nafar yunon-rum kurashchimiz ishtirok etgan bo'lib, yakunda bitta bronza medali qo'lga kiritilgandi. Bu safargi natija avvalgisidan yaxshi bo'lishi shart. CHunki, davlatimiz tomonidan olimpiyachilarimizning tayyorgarligi uchun juda katta etibor qaratilmoqda, sarmoya ham oldingi Olimpiada bilan taqqoslaganda ikki barobar ko'p. SHunga yarasha natija bo'yicha talab ham jiddiy bo'ladi. Pandemiya sabab yuzaga kelgan vaziyat, musobaqalarning deyarli o'tkazilmagani, ruhiy tushkun holat hech qanaqasiga bahona bo'la olmaydi. Boisi, butun dunyo bir xil sharoitda bo'ldi. Boshqalardan kam joyimiz yo'q. Qanday muammo bo'lsa, hozir aytib qolinglar. Olimpiadagacha olti oydan kam vaqt qoldi. Ikki yuz kun bir zumda o'tib ketadi", - dedi MOQ raisi.   

Takidlash joiz, Xorvatiyadagi musobaqada birinchi raqamli yunon-rum kurashchilarimiz gilamga chiqadi. Turnir yakunlanganidan so'ng ishtirokchi davlat kurashchilari o'rtasida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini ham o'tkaziladi. 

"Biz bu musobaqa va mashg'ulot yig'ini orqali Qozog'istonda o'tkaziladigan Osiyo licenzion turniriga tayyorgarlik ko'ramiz. Kurashchilarimizning kamchiliklarini bilamiz. SHu paytgacha o'tkazilgan mashg'ulotlarda ularni bartaraf etish bo'yicha ish olib bordik. Hozirda Olimpiadaga 3 ta licenziya qo'lga kiritilgan. Osiyo licenzion turnirining o'zidayoq yo'llanmalar soniini to'liq holatga keltirmoqchimiz. So'nggi imkoniyat may oyida Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonligida o'tadigan jahon licenzion turnirida bo'lishi kerak. Biz Osiyoning o'zidayoq yo'llanmalar masalasini hal qilmoqchimiz", - dedi terma jamoa katta murabbiyi Ravshan Ro'ziqulov. 

O'z o'rnida terma jamoaning har bir azosi maksimal natija ko'rsatish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishga vada berishdi.      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing