25 mar 17:31
Yangiliklar
MOQ vice-prezidenti dzyudochilarimiz uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi FOTOGALEREYA
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov poytaxt viloyatining tog'li hududidagi ushbu so'lim go'shada tashkil etilayotgan mashg'ulotlarni kuzatdi. Azizjon Yakubjanovichga safar davomida Milliy olimpiya qo'mitasi qoshida faoliyat yuritayotgan Tezkor shtab rahbari SHerzod Toshmatov hamrohlik qildi.
Ular mashg'ulot zali, sauna, oshxona, umuman dzyudochilarimizga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Nomlari tilga olingan joylar mutaxassislar tomonidan to'liq dezinfekciya qilingan. Dzyudochilar shifokorlar nazoratida.
Garchi, Tokio-2020 Olimpiadasi kelasi yilga ko'chirilgan bo'lsa-da, bu holat terma jamoamiz azolarining kayfiyatiga salbiy tasir o'tkazgani yo'q. Ular mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilishyapti.
Fikrlar