So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

19 jan 13:42
Yangiliklar

Sport kurashlari

MOQ Zagrebda muvaffaqiyatga erishgan yunon-rum kurashchilarimizni qutladi!

Xabar berganimizdek, yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilgan “Zagreb Open” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi kurashchilarimizni ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi.

"Kuragi erga tegmas kurashchilarimiz, Sizlar 16-17 yanvar kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilgan “Zagreb Open” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyish etdingiz.

Ortda qolgan murakkab davrda noqulay sharoitda bo'lsa ham bir zum mashg'ulotlarni to'xtatmadingiz, o'z oldingizga qo'ygan ulkan maqsad sari dadil qadam qo'ymoqdasizlar. Xorvatiya turnirida o'z irodangiz va matonatingizni namoyish qilib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritdingiz.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Sizlarni uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yana xalqaro arenalarda erishgan shunday yutug'ingiz bilan muborakbod etadi. Oldindagi nufuzli musobaqalar, jumladan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ham ana shunday zafarlar bilan xalqimiz va Prezidentimizni xursand qilishingizga tilakdoshmiz", deyiladi tabrikda.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing