So’nggi yangiliklar

13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0

26 fev 16:42
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda antidoping masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi

Teglar :  Antidoping
Bugun, 26 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O'zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) tashabbusi bilan antidoping masalalariga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Tokiodagi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik doirasida o'tkazilgan seminarda Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari, O'zbekiston sport federaciya va associaciyalaridan tashrif buyurgan mutasaddilar va shifokorlar, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) eksperti, Qozog'iston Milliy antidoping markazi direktori Mayra Bakasheva taqdimot o'tkazdi.

Seminar davomida sportchilar manfaatini himoya qilish bo'yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Sportchi, murabbiy, tibbiy va texnik xodimlarning huquq va majburiyatlari, sportda halollikni taminlash masalalari o'rganildi. Har 5 yilda yangilanib turadigan Butunjahon antidoping kodeksi ko'rib chiqildi. SHuningdek, seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing