So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

22 jan 13:16
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda bayram munosabati bilan bir guruh sport faxriylari taqdirlandi

Zamonaviy sportdagi muvaffaqiyatlarni faxriylarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Zero, ularning boy tajribasi va bilimi sabab o'zbek sporti yildan yilga rivojlanib bormoqda. Faxriylarimizning mana shu yoshda ham yosh atletlarimizni qo'llab-quvvatlashi esa kishini xursand qiladi. Ayniqsa, faxriylarimizning bizni sog'lom turmush tarzi va ommaviy sport sari chorlashi maqtovga sazovor.

Kecha MOQning 28 yilligi munosabati bilan qo'mitaning tashkil etilishida, yurtimizda Olimpiya harakati va Olimpizm g'oyalarini targ'ib qilishda faol bo'lgan bir guruh o'zbek sporti faxriylari taqdirlandilar. Mazkur tadbirda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidentlari Saken Polatov hamda Azizjon Kamilov, O'zbekiston sport faxriylari Kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

“Sport har yili yurtimiz bo'ylab keng ommalashib bormoqda. Atletlarimiz esa yuksak g'alabalarga erishib, mamlakatimizning o'ziga xos imijini yaratishmoqda. Ayniqsa, ommaviy sportning ajralmas qismi bo'lgan Olimpizm va Olimpiya harakati yurtimizda keng rivojlanib borayotir. Bularning barchasi mamlakatimiz rahbarining etibori va tashabbusi samarasidir. Bugun mana shu erda butun umri davomida sport sohasida ishlagan va hayotini unga bog'lagan o'zbek sporti faxriylari jam bo'lishdi. Biz ularning oldida umrbod qarzdormiz. Negaki, mamlakatimizda sportning mana shunday rivojlanishida ularning ham munosib xissasi bor”, – dedi Komiljon Xudoyberganov.

SHundan so'ng O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi raisining sobiq o'rinbosari Igor Baraban, Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining sobiq raisi Bahodir Maxsitov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov so'zga chiqib, shu paytgacha yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramasdan o'z maqsadlari yo'lida oldinga harakat qilingani, hukumatimiz rahbariyati va MOQ esa ularning bunday mehnatini doimo qadrlab kelishini takidlab o'tdilar. SHuningdek, so'zga chiqqanlar mazkur yil oldimizda turgan ulkan start – Tokio-2020 Olimpiadasida sportchilarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qolishdi.

Tadbir yakunida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov so'zga chiqdi.

“Faxriylarimiz – bizning g'ururimiz. Ulardagi ulkan tajriba va Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning tashabbuslari bilan O'zbekistonda sport yangi cho'qqiga chiqmoqda. Biz barcha maqsadlarga erishamiz. Buning uchun barchamiz birgalikda mehnat qilib, xalqimizning ishonchini oqlab, yuqori marralarni ko'zlashimiz kerak”, – dedi MOQ rahbari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing