06 dek 16:40
Yangiliklar
Taekvondo
"Moscow Grand-Prix Final". Rafalovich ajoyib g'alaba bilan boshladi, Tursunqulova esa...
Bugun Rossiyada taekvondo bo'yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi start oldi.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik ikki nafar taekvondochi Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova ishtirok etmoqda.
Nikita Rafalovich ilk bosqichda avstraliyalik Jek Martonga qarshi dayanga chiqdi va 20:0 hisobida g'alabaga erishdi. Endi Rafalovich chorak finalda ispaniyalik Raul Martines Garsiya bilan to'qnash keladi.
Nigora Tursunqulova esa 1/8 finalda xorvatiyalik Matea Yelich bilan to'qnash keldi. Uchta raund davomida katta ustunlik hamyurtimiz tomonida bo'ldi. Bahs tugashiga 20 soniya qolganida Tursunqulova 8:5 hisobida oldinda edi. Afsuski so'nggi soniyalarda xorvatiyalik sportchi g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi - 10:8.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar