09 dek 08:42
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				
				
			
				"Moscow Grand-Prix Final"da ishtirok etgan taekvondochilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi
6-7 dekabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi bo'lib o'tdi.
			Unda ikki nafar o'zbekistonlik taekvondochi Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova ishtirok etganidan xabaringiz bor. Quvonarlisi O'zbekistonlik taekvondochi Nikita Rafalovich ushbu musobaqada bronza medalini qo'lga kiritdi.
Kecha sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib tarzda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati



            Havola            :         
            
			
Fikrlar