So’nggi yangiliklar

09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0

03 noy 18:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Moskvada AIBA Kongressi yakunlandi, G'ofur Rahimov tashkilot rahbarligiga saylandi

Moskva shahrida xalqaro havaskor boks federaciyasining Kongressi yakunlandi.

YANGILASH


G'ofur Rahimovga 134 mamlakat federaciyalarining 86 tasi ovoz berdi va shu tariqa hamyurtimiz saylovda g'olib bo'ldi.


G'ALABA! G'OFUR RAHIMOV AIBA PREZIDENTI!


Saylov natijalari hisoblanmoqda.


Prezidentlik uchun nomzodlar saylov zalidan chiqarib yuborildi. Ovoz berish jarayoni boshlandi!


SHundan so'ng Serik Konakbaevga so'z berildi: "Bu erda bo'lish men uchun katta sharaf. Bugun hayotimdagi eng muhim kun. Biz bu erga boksni saqlab qolish uchun yig'ildik. SHaxsiy manfaatlar ustun bo'lmasligi lozim. Yagona maqsad yo'lida ishlamasak AIBA va boksni yo'qotib qo'yamiz".


G'ofur Rahimov so'zga chiqdi: "To'rt yil sizlar bilan birga ishlashga tayyorman. Buni albatta sizlar hal qilasizlar. Boks kelajagi sizning qo'lingizda. Birgalikda ishlab qarzdorliklarni yopamiz. Boks Tokiodagi Olimpiadada albatta bo'ladi. Olimpiada va boks bir oiladir. Moliyaviy masalalarda ko'p ishlashimiz lozim. Bu mening qo'limdan keladi".


Ijroqo'm azoligi uchun saylovlar boshlandi. 


Kongress o'z ishini davom ettiradi. 


Kongressda tushlik elon qilindi.


Yana bir marotaba yo'qlama o'tkazilmoqda. Bu zaldan xech kim chiqib ketmaganligiga ishonch hosil qilish uchun amalga oshirilmoqda. 


Saylov bo'lib o'tayotgan zal jiddiy ravishda qo'riqlanmoqda. Xech kim kiritilmayapti va chiqarilmayapti.


Saylov oldidan ovoz berish tizimi tekshiruvdan o'tkazilmoqda. 


Delegatlar tugma bosish orqali o'zlari lozim topgan nomzodga ovoz beradilar. Ovoz berib bo'lganlar tashqariga chiqib ketmasliklari haqida ogohlantirildilar. Saylov qoidalari tushuntirib berilmoqda. 


Saylovda 136 ta mamlakat vakillari ovoz beradigan bo'ldilar. 


Hozircha yo'qlama o'tkazilmoqda. 


Kongressning ikkinchi kuni boshlandi. 


Kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylashdir. Prezidentlik saylovida hamyurtimiz G'ofur Rahimov ham ishtirok etmoqda. Unga bu borada Osiyo boks Konfederaciyasi rahbari, qozog'istonlik Serik Konakbaev raqiblik qiladi. 


Moskva shahrida AIBAning navbatdagi Kongressi davom etmoqda. Kecha boshlangan yirik tadbir bugun nihoyasiga etadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing