06 jan 08:14
Yangiliklar
Mozes Itauma Britaniya rekordini yangilashi mumkin
SHunday bo'lgan holatda, u 21 yosh-u etti oyligida Buyuk Britaniyada eng yosh jahon chempioniga aylangan Nozim Xamedning rekordini yangilashi mumkin. 24 yanvar kuni Itauma amerikalik Jermen Franklinga qarshi jang o'tkazadi va agar g'alaba qozonsa, promouteri Frenk Uorren unga jahon chempionligi uchun jang uyushtirmoqchi.
"Agar u bu jangda g'alaba qozonsa, umid qilamanki, shunday bo'ladi, menimcha, yil oxirigacha chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi", - dedi Uorren Sky Sports’ga bergan intervyusida Itauma haqida gapirib. - Nazim ayni damda eng yosh britaniyalik jahon chempioni hisoblanadi va o'ylaymanki, Mozes bu rekordni yangilay oladi".
"Ko'ramiz, ammo Mozes ambiciyali, u nima xohlashini biladi va u juda aqlli, - deya qo'shimcha qildi promouter. - Biz shunchaki unga kerakli vaqtda to'g'ri qadam qo'yayotganimizga ishonch hosil qilishimiz kerak".
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Itauma 20 yosh-u 4 oy va 22 kunligida superog'ir vazn toifasida eng yosh jahon chempioni bo'lgan Mayk Taysonning rekordini yangilashi mumkin edi.

Fikrlar