29 mar 06:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Mozes Itauma - Jermeyn Franklin jangida nokaut qayd etildi
Angliyaning Manchester shahrida Queensberry Promotions kompaniyasi tomonidan professional boks turniri tashkil etildi.
"Co-op Live Arena"da o'tgan oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda britaniyalik 21 yoshli Mozes Itauma amerikalik 32 yashar Jermeyn Franklinga qarshi ringga ko'tarildi. Jang beshinchi raundda istedodli Itaumaning nokautli g'alabasi bilan yakuniga etdi.
SHu tariqa, Mozes Itauma professional bokschilik faoliyatidagi ketma-ket 14-g'alabasini tantana qildi. Muddatidan oldin qozongan g'alabalari soni 12 taga etdi. Franklin esa uchinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. G'alabalari soni 24 taligicha (15 tasi nokaut bilan) qoldi. Mozesning bu g'alabasi uni chempion Aleksandr Usikning kamariga yaqinlashtirdi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar