So’nggi yangiliklar

08:43Ёшларимиз Осиё Кубогида 20 та медаль билан умумжамоа ҳисобида 2-ўринни эгаллашди 0 08:22Олисе 60 млн евро эвазига "Кристал Пэлас"дан "Бавария"га ўтди 0 08:01Баҳодир Жалолов 30 ёшга тўлди! 0 19:01Уимблдон. Онс Жабер Элина Свитолинага ютқазиб қўйди 0 18:35Ўзбекистон Заурбек Сидаковга легионер бўлиш таклифи билан чиққани маълум бўлди 0 18:10Мбаппенинг "Реал"даги тақдимотига 80 мингдан ошиқ инсон ташриф буюради 0 17:45Уимблдон. Елена Рибакина Возняцкини "сочиб" ташлади 0 17:23"Уимблдон"да сенсация! Дунёнинг биринчи ракеткаси қозоғистонлик теннисчига ютқазди 0 17:01Ёш ҳамюртимиз Octagon 60 мусобақасида қозоғистонлик мағлубиятсиз жангчи билан тўқнаш келади 0 16:40Эшитдик-да! "Ланс" грузиялик футболчини ўз сафига қўшиб олади 0 16:19Боксчиларимиз катта таркибда Парижга жўнаб кетишди 0 15:54"Ҳумо" ўзбекистонлик хоккейчилар Жавоҳир Расулов ва Даниель Коган билан шартномани узайтирди 0 15:33Июль ойи бокс ва ММА мухлисларини аниқ зериктириб қўймайди! (Барча қизиқарли жанглар рўйхати) 0 15:10Кантедан ўзига хос рекорд 0 14:49Стрикленд: "Яқин орада UFCда америкаликлар қолмайди, русларни томоша қилиб ўтирамиз" 0

08 jan 01:00
Yangiliklar

Boks/MMA

MPL 7 musobaqasining barcha natijalari bitta sahifada

Teglar :  MPL 7
Toshkent shahrida "Muradov Professional League 7" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqani UzReport telekanali va UFC Fight Pass platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Musobaqada qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Turnir kardi: 

Havaskorlar o'rtasidagi janglar:

- 57 kg vaznda: SHerzod Komiljonov (O'zbekiston) - Begzod Abdurahimov (O'zbekiston) - Birinchi raundda texnik nokaut bilan;

- 57 kg vaznda: Fahriddin Hasanov (O'zbekiston) - SHahzod Nurmamatov (O'zbekiston) - Birinchi raundda sabmishen bilan;

- 70 kg vaznda: Fozilbek Hamdamov (O'zbekiston) - Daler Yuldashev (O'zbekiston) - Birinchi raundda texnik nokaut bilan;

- 66 kg vaznda: Bahodir Qo'chqorov (O'zbekiston) - Sardor Nigmatov (O'zbekiston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan; 

- 70 kg vaznda: Azizbek Isroilov (O'zbekiston) - Bobur O'rinboev (O'zbekiston); - Uchinchi raundda gilotin usuli orqali;

Prelim kard janglari:

- 61 kg vaznda: Abduqodir Ro'ziboev 0-1 (O'zbekiston) - Jamoliddin Rahmonjonov 1-0 (O'zbekiston) - Ikkinchi raundda texnik nokaut bilan;

- 61kg vaznda: Javlonbek To'xtaboev 3-3 (O'zbekiston) - Qasimali Uulu Ruslan 3-0 (Qirg'iziston) - Ikkinchi raundda sabmishen bilan;

- 66 kg vaznda: Feruz Yaqubov 2-0 (O'zbekiston) - Ramziddin Omonov 3-3 (O'zbekiston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 71 kg vaznda: Asliddin Eshonqulov 3-0 (O'zbekiston) - Aziz Usmanov 3-0 (Qirg'iziston) - Uchinchi raundda sabmishen bilan;

Asosiy kard janglari: 

- 93 kg vaznda: Obidjon Sobirov 2-3 (O'zbekiston) - Algampasha Vagapov 4-0 (Qirg'iziston) - Hakamlar qarori bilan;

- 66 kg vaznda: Sardor Xudoyberdiev 6-2 (O'zbekiston) - Kanibek Uulu 5-0 (Qirg'iziston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 57 kg vaznda: Bahodir Bakiev 8-5-1 (O'zbekiston) - Farid Alibabazade 7-5 (Ozarbayjon) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 77 kg vaznda: Eldor Eronov 6-1 (O'zbekiston) - Farhodjon Mashrapov 7-6 (O'zbekiston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 70 kg vaznda: Muhiddin Mamajonov 3-0 (O'zbekiston)- Zarur Isaev 10-5 (Rossiya) - Birinchi raundda texnik nokaut bilan.



Ushbu sahifa orqali musobaqa doirasida qayd etilgan natijalar bilan tanishib borishingiz mumkin. 



00:56.Markaziy jangda hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov ilk rauddayoq rossiyalik Zaur Isaevni nokaut bilan mag'lub etdi.


00:39. Co main event'da Eldor Eronov Farhodjon Mashrapovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.


00:13. Kechaning co main event qarama-qarshiligi boshlanmoqda. Eldor Eronov — Farhodjon Mashrapov.


00:07. Ozarbayjonlik Farid Alibabazade hamyurtimiz Bahodir Bakievni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi. Va u Ramazon Temirovni jangga chorlab, MPL'ning chempioni ekanini aytdi.


23:40. O'zbekistonlik Sardor Xudoyberdiev qirg'izistonlik Kanibek Uuluni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.


23:19. SHarhdagi marafon davom etmoqda. Bu safar musobaqani tajribali Davron Fayziev hamda Azizbek Mirsaidov yakunlab qo'yadi. Televizorlaringizni "UzReport" kanaliga sozlang:)


23:16. Navbatdagi jang ishtirokchilari — o'zbekistonlik Sardor Xudoyberdiev hamda Qirg'iziston vakili Kanibek Uulular oktagonga chiqib kelishmoqda.


23:08. Algampasha Vagapov Obidjon Sobirovni hakamlar qarori bilan mag'lub etdi va g'alabali seriyasini davom ettirdi. SHuningdek, u vazn to'plab, SHohasan Mirzamatovga qarshi jang qilishga tayyor ekanini bildirdi.


22:41. Asosiy karddan o'rin olgan ilk jang. Yana bir o'zbek-qirg'iz qarama-qarshiligi. Obidjon Sobirov qirg'izistonlik Algampasha Vagapovga qarshi jang uchun oktagonga chiqmoqda.


22:34. Arenada asosiy kard janglari boshlanishidan avval musiqiy tanaffus start oldi.


22:30. Prelim kardning so'nggi jangida hamyurtimiz Asliddin Eshonqulov qirg'izistonlik Aziz Usmanovni ikkinchi raundda sabmishen bilan mag'lub etib, g'alabali seriyasini davom ettirdi.


22:10. Prelim karddan o'rin olgan so'nggi jang ishtirokchilari — Asliddin Eshonqulov va Aziz Usmanovlar oktagonga ko'tarilishmoqda.


22:05. Ramziddin Omonov hakamlarning yakdil qarori bilan Feruz Yakubovni mag'lub etib, rekordini 4:3 holatiga keltirdi.


21:40. - 66 kg vazn toifasida Feruz Yakubov hamda Ramziddin Omonov o'rtasidagi jang boshlanmoqda.


21:32. Afsuski, hamyurtimiz qirg'izistonlik raqibiga bo'g'ilib qoldi.


21:13. Hamyurtimiz Javlonbek To'xtaboev qirg'izistonlik Qasimali Uulu Ruslanga qarshi oktagonga chiqmoqda.


21:06. Prelim kardning ilk jangida Jamoliddin Rahmonjonov Abduqodir Ro'ziboevni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.


20:55. Prelim karddan o'rin olgan ilk jang boshlanmoqda. Abduqodir Ro'ziboev Jamoliddin Rahmonjonovga qarshi.


20:47. Azizbek Isroilov Bobur O'rinboevni 3-raundda gilotin usuli orqali mag'lub etdi.


20:30. Oktagonga havaskorlar o'rtasidagi so'nggi jangi ishtirokchilari — Azizbek Isroilov va Bobur O'rinboevlar chiqib kelmoqda.


20:24. To'rtinchi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan Sardor Nigmatov Bahodir Qo'chqorovni mag'lub etdi.


20:00. To'rtinchi jang ishtirokchilari — Bahodir Qo'chqorov va Sardor Nigmatovlar oktagonga chiqib kelishmoqda.


19:56. Daler Yuldashev 18 yoshli raqibi — Fozilbek Hamdamovni ilk raunddayoq nokaut bilan mag'lub etdi.


19:50. Havaskorlar o'rtasidagi uchinchi jang ishtirokchilari — Fozilbek Hamdamov hamda Daler Yuldashevlar oktagonga chiqib kelishmoqda.


19:44. Ikkinchi jang ham o'z yakuniga etdi. Fahriddin Hasanov SHahzod Nurmamatovni ilk raundda sabmishen evaziga mag'lub etdi.


19:29. Ilk jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Begzod Abdurahimov SHerzod Koimljonovni nokaut orqali mag'lub etdi.


19:20. Oktagonga havaskorlar o'rtasidagi ilk jang ishtirokchilari — SHerzod Komiljonov hamda Begzod Abdurahimov chiqib kelmoqda. Janglar boshlandi!


19:01. Poytaxtimizda joylashgan "Yunusobod" sport arenasida yilning ilk yirik musobaqasi — MPL 7 boshlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing