15 sen 16:50
Yangiliklar

Muhammad Ali bilan taqqoslash. Xabib bunga qanday munosabatda?
"Bizni taqqoslash - bu qandaydir noto'g'ri bo'ladi. SHunchaki u chempion, men ham chempion, u musulmon bo'lgan, men ham musulmonman. Faqat shuning uchun.
"Uning ringdan tashqarida qilgan ishlarini boshqalarniki bilan taqqoslab bo'lmaydi. U chempion bo'lgan vaqti boshqalarnikiga o'xshamaydigan irq vakili edi. Amerikada o'sha payt bu irq qabul qilinmasdi. Avtobiografiyalarida aytishicha, unga xatto restoranlarda ham xizmat ko'rsatishmagan va u oltin medalini tashlab yuborgan.
Uning qilgan ishi, irqiga bo'lgan munosabatni o'zgartira olganini boshqalar bilan taqqoslab bo'lmaydi. U bilan taqqoslash uchun men ham uning yillariga qaytishim va qora tanli bo'lib qolishim kerak", - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar