So’nggi yangiliklar

16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0

21 mar 17:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Muhammad Ali, Tayson va boks tarixidagi eng mashhur mutlaq jahon chempionlari (Top 10)

Mutlaq jahon chempioni atamasi professional boksning asosiy tashkilotlari tomonidan beriladigan kamarlarning barchasini birlashtirgan bokschiga beriladi.

Boks tarixda mutlaq jahon chempioni degan nomga erishish uchun 1927-1963 yillarda NYSAS va NBA(WBA), 1963-1983 yillarda WBA va WBC, 1983-2007 yillarda WBA,WBC,IBF, 2007 yildan boshlab esa WBA,WBC,IBF va WBO kamarlarini birlashtirish kerak bo'lgan. Boks olamida ellikdan ortiq mutlaq jahon chempionlari bo'lgan, ammo, hozir biz ularning orasidan eng mashhurlarini tanishtiramiz.


1. Jo Luis

Mamlakati: AQSH

Vazn toifasi: og'ir vazn toifasi

Natijasi: (69-3, 63 KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: Jo Luis 1937 yilda (23 yoshda) Jeyms Breddok bilan jangda jahon chempionlikka erishgan.

Qiziqarli fakt: 2002 yilda The Ring talqiniga ko'ra, so'nggi sakson yillikning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasidan joy olgan.




2. Muhammad Ali

Mamlakati:AQSH

Vazn toifasi: og'ir vazn toifasi

Natijasi:(61-56-5, 37 KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: Muhammad Ali 1964 yilda(22 yoshda) Sonni Listonni oltinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etadi. 1967 yilda (25 yoshda) hakamlarning qarori bilan Erni Terrell ustidan zafar quchgan.

Qiziqarli fakt: 2002 yilda The Ring talqiniga ko'ra so'nggi sakson yillikning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasidan joy olgan. Tarixda ikki marta mutlaq jahon chempioni bo'lgan dastlabki bokschi.



3.Roberto Duran

Mamlakati: Panama

Vazn toifasi: engil vazn toifasi

Natijasi:(119-103-16, 70 KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: 1978 yil (27 yoshda) 12 raundda Jeyms Breddokni mag'lub etgan.

Qiziqarli fakt: 2002 yilda The Ring talqiniga ko'ra so'nggi sakson yillikning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasidan joy olgan. Mutlaq jahon chempionlari orasida eng ko'p jang o'tkazgan.


4. SHugar Rey Leonard

Mamlakati: AQSH

Vazn toifasi: o'rta engil vazn

Natijasi:(40-36-3-1, 25KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: 1981 yil (25 yoshda) Tomas Xirnsni 14 raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan.

Qiziqarli fakt: 2002 yilda The Ring talqiniga ko'ra so'nggi sakson yillikning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasidan joy olgan.



5. Evander Xolifild

Mamlakati: AQSH

Vazn toifasi: Birinchi og'ir vazn toifasi va og'ir vazn toifasi

Natijasi:(57-45-10-2, 29KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan:1987 yil (25 yoshda) Karlos De Leon ustidan g'alaba qozongan. 1990 yil (28 yoshda) 3-raundda Jeyms Duglasni nokautga uchratgan.

Qiziqarli fakt: Tarixda ikki xil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan birinchi bokschi.


6. Mayk Tayson

Mamlakati: AQSH

Vazn toifasi: Og'ir vazn toifasi

Natijasi:(58-50-6-2, 44KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan:1987 yil (21 yoshda) Toni Takkerni hakamlar qarori bilan mag'lub qilgan.

Qiziqarli fakt: Tarixda eng yosh mutlaq jahon chempioni, uchta kamarni birlashtirgan birinchi bokschi.



7. Pernell Uitaker

Mamlakati: AQSH

Vazn toifasi: Engil vazn toifasi

Natijasi: (46-40-4-1, 17KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: 1990 yil (26 yoshda) Xuan Nasarioni nokaut bilan mag'lub etgan.

Qiziqarli fakt: 2002 yilda The Ring talqiniga ko'ra so'nggi sakson yillikning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasidan joy olgan. Mutlaq jahon chempion bo'lishi uchun bir raundning o'zi kifoya qilgan.



8. Lennoks Lyuis

Mamlakati: Buyuk Britaniya

Vazn toifasi: Og'ir vazn toifasi

Natijasi:(44-41-2-1, 32KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: 1999 yil (34 yoshda) hakamlarning qarori bilan Evander Xolifild ustidan g'alaba qozongan.

Qiziqarli fakt: Og'ir vazn toifasida oxirgi mutlaq jahon chempioni.



9.Bernard Xopkins

Mamlakati: AQSH

Vazn toifasi:O'rta vazn toifasi

Natijasi:(67-57-8-2, 32KO)

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: 2001 yil (36 yoshda) 12 raundda texnik nokaut bilan Feliks Trinidadni mag'lub etgan.

Qiziqarli fakt: Tarixda to'rtta kamarni birlashtirgan dastlabki bokschi.



10.Aleksandr Usik

Mamlakati: Ukraina

Vazn toifasi: Birinchi og'ir vazn toifasi

Natijasi:(15-15-0 11 KO )

Qachon mutlaq jahon chempioni bo'lgan: 2018 yil (31 yoshda) hakamlarning qarori bilan Murat Gassiev ustidan g'alaba qozongan.

Qiziqarli fakt: birinchi og'ir vazn toifasida dastlabki mutlaq jahon chempioni. Birinchi ukrainalik mutlaq jahon chempioni.


Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
21 mar 18:10:10
Dilshot Solihov
Xammasi o'z davrini porloq hamda qaynoq bo'kischilari lekin Bulani ichida Roberta Durani bosib o'tkan yo'li prafisanal bo'kisda deyarli udalab bo'lmaydigan ishtek ko'rinadi. ( gap yo'q bo'larkanu adminla)
   
22 mar 09:05:48
Jon Black
Шу жойига тушунмадим
   
22 mar 09:05:31
Jon Black
Жо Луис 1937 йилда (23 ёшда) Джеймс Брэддок билан жангда Джеймс Брэддок? жаҳон чемпионликка эришган.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing