24 okt 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhammad Alining nabirasi hamda Xolifildning o'g'lida nokautli g'alaba
Boks afsonalarining davomchilari ota va bobolariga munosib izdosh bo'lishga harakat qilishyapti.
Jumladan, bugun o'tkazilgan boks oqshomida afsonaviy Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh hamda Evander Xolifildning o'g'li Evan o'z janglarini nokaut bilan yakunlashdi.
Niko uchinchi raundning boshida Jeyms Uestlini nokautga uchratdi. Ikkinchi raundda u raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ygandi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi jangidagi ikkinchi muddatidan oldin qozonilgan g'alabasi bo'ldi.
Evan esa ikkinchi raundda CHarlz Stenfordni nokautga uchrata oldi. Referi ikkinchi raundning 30-soniyasida jangni to'xtatdi. Bu Xolifild o'g'lining prof ringda ketma-ket qozongan sakkizinchi g'alabasi edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar