02 avg 08:17
Yangiliklar

Muhammad Mokaev ham UFC 280 turnirida ishtirok etadi, raqib malum!
Engil vazn (57 kg.gacha) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan 22 yoshli Mokaevning raqibi kanadalik 32 yoshli Malkolm Gordon (14-5) bo'ladi. Gordon 2020 yildan beri UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Hisobida 2 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Avvalroq, Mokaev amerikalik Brendon Royvel bilan jang o'tkazish istagini borligini aytgandi.
Malkolm o'zining so'nggi jangini shu yilning fevral oyida UFC Fight Night 200 turnirida ukrainalik Denis Bondarga qarshi o'tkazib, texnik g'alaba (raqibi qo'lidan jarohat olgandi) evaziga zafar quchgan edi. Mokaev esa yaqinda UFC Fight Night 208 turniri doirasida amerikalik CHarlz Jonsondan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi.
Eslatib o'tamiz, UFC 280 turnirining markaziy jangi braziliyalik CHarlz Oliveyra hamda rossiyalik Islam Maxachev o'rtasida bo'lib o'tadi. Jangchilar engil (70 kg.gacha) vaznda vakant qolgan chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilishadi. Ushbu oqshomdan Mahmud Muradovning ham jangi o'rin olgan.
Fikrlar