23 fev 14:34
Yangiliklar
Dzyudo
Muhammadkarim Hurramov bugungi ishtirokimizni ippon bilan boshlab berdi
Xabar berganimizdek, bugun Germaniyaning Dyusseldorf shahri mezbonligida o'tayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakunlanadi.
Musobaqaning so'nggi uchinchi kuni og'ir vaznli dzyudochilar medallar yo'lida tatamiga chiqishadi. Ular orasida besh nafar dzyudochimiz ham o'z mahoratini namoyish etadi. Hamyurtlarimizning ishtirokini Muhammadkarim Hurramov boshlab berdi.
-100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan polvonimiz ilk davrada franciyalik Sedrich Olivarga qarshi bahs olib bordi va raqibini, ippon, yani sof g'alaba evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Endi Hurramov ikkinchi bosqichda latviyalik Evgeniyus Borodavkoga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar