15 noy 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammadqodir Abdullaevni tabriklaymiz!
Bugun boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Muhammadqodir Abdullaev tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Muhammadqodir Abdullaev 1973 yil 15 noyabr kuni dunyoga kelgan. Boks bo'yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgan. 2000 yil Sidneyda o'tgan Olimpiya o'yinlarida g'olib chiqib, Mustaqil O'zbekiston hisobiga yozgi Olimpiya o'yinlaridagi ilk oltin medalni taqdim qilgan.
SHuningdek, professional boksda ham hamyurtimiz yorqin ishtirok etganini takidlash joiz. Abdullaevning qo'lga kiritgan g'alabalari hukumatimiz tomonidan «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi», «O'zbekiston iftixori» faxriy unvonlari, «El-yurt hurmati» ordeni hamda «SHuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar