So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

13 iyu 15:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Muhiddin Mamajonov va Azamat Nuftillaev kamar uchun jang qiladigan Octagon 87 turniri bugun o'tkaziladi (barcha tafsilotlar)

Teglar :  Octagon 87
Bugun poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 87 turniri bo'lib o'tadi.

Octagon 87 turnirining asosiy jangida hamyurtimiz Muhiddin Mamajonov (16-6) Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimov (9-1)ga qarshi oktagonga chiqadi. Besh raundlik ushbu jang engil vazn toifasidagi Interim (vaqtinchalik kamar) uchun kechadi. Bu ikki aralash yakkakurash ustasining o'zaro uchinchi jangi bo'ladi. Dastlabki bahsda Madrahimovning qo'li baland kelgan bo'lsa, ikkinchi jangda durang qayd etilgan edi.

Oqshomning co-main event jangi og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. CHempionlik kamari o'rtaga qo'yilayotgan ushbu besh raundlik jangda hamyurtimiz Azamat Nuftillaev (17-2) qozog'istonlik Aybek Ermetov (5-0)ga qarshi bahs olib boradi. 

Bellashuvlar 17:00 da start olishi belgilangan. Musobaqa "Zo'r TV" telekanali orqali namoyish etiladi.

Octagon 87 turnirining to'liq kardi:

Asosiy kard:

Markaziy jang, engil vaznda Interim chempionlik kamari uchun: Fazliddin Madrahimov (Tojikiston, 16-6-1) - Muhiddin Mamajonov (O'zbekiston, 9-1-1)

Ikkinchi asosiy bellashuv, og'ir vaznda chempionlik kamari uchun: Aybek Ermetov (Qozog'iston, 5-0) - Azamat Nuftillaev (O'zbekiston, 13-2-1)

Yarim engil vaznda: Jonibek Jabborov (Tojikiston, 5-1) - Sardor Erkinov (O'zbekiston, 3-0)

Eng engil vaznda: Dosbol Elegen (Qozog'iston, 13-8) - Hikmatillo Abdullaev (O'zbekiston, 9-3-2)

Yarim engil vaznda: Vellington Pereyra (Braziliya, 10-9-1) - Abay Jalal (Qozog'iston, 7-1)

Eng engil vaznda: SHerzod Ibodilloev (Tojikiston, 7-5) - Jahongir Najmetdinov (O'zbekiston, 12-8-2)

Engil vaznda: Islam Genjebay (Qozog'iston, 1-0) - Jasurbek Jo'raev (O'zbekiston, 3-2).

Eng engil vaznda: Ahmed Zakaryaev (Rossiya, 4-1) - Amirxon Ataxonov (Tojikiston, 8-4-1).


Prelim kard:

Yarim engil vaznda: Kaynar Azimbaev (Qirg'iziston, 4-0) - Jahongir To'xtashev (O'zbekiston, 2-1)

Engil vaznda: Nurdaulet Serkulov (Qozog'iston, 1-0) - Bekzodbek Rejabbaev (O'zbekiston, debyut)

Engil vaznda: Murad Muradli (Ozarbayjon, 1-0) - Nuriolloh Murodov (Tojikiston, 1-1)

Eng engil vaznda: Nurgisa Galimjanov (Qozog'iston, 3-1) - Jahongir Roxataliev (O'zbekiston, 2-0-1)

Engil vaznda: Murat Ahmedov (Ozarbayjon, 3-1) - Abdurahmon Gafurov (O'zbekiston, 6-4)

Eng engil vaznda: Gabidulla Mirjashev (Qozog'iston, 3-3) - Jamshid Tillaev (O'zbekiston, 3-0)

Yarim o'rta vaznda: Timur Madiyarov (Qozog'iston, 1-0) - Afzalbek Abdurahimov (O'zbekiston, 2-2)

Engil vaznda: Nihat Kerimov (Ozarbayjon, 1-1) - Ravshan Abdulazizov (O'zbekiston, 1-0)

O'ta engil vaznda: Kushtarbek Begaliev (3-1, Qirg'iziston) - Asliddin Abdurasulov (O'zbekiston, 1-0).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing