29 dek 23:26
Yangiliklar

Muhiddin Mamajonovning Hardcore sobiq chempioniga qarshi qonli jangi to'liq davom etdi
Asosiy karddan o'rin olgan bu jangda engil vazn toifasida 32 yoshli o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Muhiddin Mamajonov Hardcore FC ligasining 26 yoshli sobiq chempioni, tojikistonlik Fazliddin Madrahimov raqiblik qildi.
Jang 3 raund etib belgilangandi va u to'liq davom etdi. Ammo yakunda afsuski, jang scenariysini o'zgartira olgan Fazliddin Madrahimov hakamlarning bo'lingan qarori bilan g'alabani o'ziniki qildi.
Qayd etish joiz, jang davomida passiv bo'lgan Madrahimov ikkinchi raundda Mamajonov tanasining pastki qismiga taqiqlangan oyoq zarbasini yo'lladi, shunga qaramay sobiq bokschi Muhiddin Mamajonov jangni davom ettira oldi.
SHu tariqa, tajribali Muhiddin "Levsha" Mamajonov faoliyatidagi 8-jangida ilk bor mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Madrahimov hisobida esa endi 14 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar