02 may 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhiddin Mamajonovning Toshkentdagi jangi bekor qilindi, sababi malum
11 may kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy bellashuvida (co main event) engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik MMA jangchisi Muhiddin Mamajonov Qozog'iston vakili Sayat Abdualiga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Biroq Mamajonov jarohat tufali Toshkentdagi turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga boshqa bir o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi — Sanjar Erkinov oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Sayat Abduali faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Sanjar Erkinov hisobida esa 9 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta durang mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar