22 dek 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Muin Gafurovning UFC'dagi keyingi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Tojikistonlik 29 yoshli aralash yakkakurash ustasi Muin Gafurovning navbatdagi jangi tafsilotlari ochiqlandi.
U 2026 yilning 8 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Vegas 113 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Gafurovga o'sha kuni o'z tengdoshi, Polsha vakili Yakub Viklach raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Muin Gafurov faoliyati davomida 26 ta jang o'tkazib, 20 g'alaba va 6 ta mag'lubiyatni rasmiylashtirgan. Viklach hisobida esa 17 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : UFCAsTajikistan
Fikrlar