19 okt 20:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisi yarim finalida jang qildi
Saudiya Arabistonida boks bo'yicha WBC Gran-prisining yarim final janglari o'tkazilmoqda.
Mazkur turnirda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov yarim finalda jang o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Bokschimiz final ostonasida ukrainalik Danilo Lozanga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Mujibillo Tursunov ochkolar evaziga (57-57, 59-55, 58-56). g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi
Endi Tursunov musobaqa g'olibligi uchun finalda Karlos Utria (Kolumbiya) va Ntetelo Nkosi (JAR) to'qnashuvi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.
Final janglari 5 dekabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar