16 jan 17:37
Yangiliklar

Murabbiy amerikalik va o'zbekistonlik bokschilar o'rtasidagi farqni aytdi
"Bilasizmi, menda mashg'ulot o'tayotgan har bir o'zbekning boshqa normal amerikalik jangchidan farqi - bu, uning intizomi. Ularga yoshlikdan bu narsa uqtirilgan. Bu narsa oddiy amerikaliklarda yo'q. Hammasi ham emas albatta, lekin asosan shunday. O'zbek jangchilarida birgina maqsad bor - jahon chempionligi. Ularda 100 foizlik intizom, aniq maqsad bor. Ular nolishmaydi. O'zbek bokschilari Amerikaga o'yin-kulgu uchun kelishmagan. Mana ikki tarafning farqi nimada. Men o'zbek bokschilari bilan ishlashni sevaman. Sababi, bu jarayonda men deyarli stress holatiga duch kelmayman. Ular mening ko'rsatmalarimga so'zsiz amal qilishadi.
Yana bir hayratlanarli jihat shundaki, ular juda muloyim va hazilkash yigitlar. Murodjon Ahmadalievni qarang, u chempion. Isroil Madrimovni qarang u yaqinda chempionlik jangi uchun ringga chiqadi. SHaxram G'iyosov-chi? SHunga qaramasdan ular juda ajoyib insonlar. Ular mening farzandlarimdek bo'lib qolishgan", - dedi Joel Dias Boxing Social yutub kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar