27 apr 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy Bogdan Guskovning Aleks Pereyradan ustun jihatini aytdi
Gor MMA zali asoschisi va murabbiy Gor Azizyan shogirdi Bogdan Guskovning diviziondagi imkoniyatlarini baholab, uning zarba kuchini Aleks Pereyraniki bilan solishtirdi.
"Bogdanda hammaga qarshi imkoniyat bor, chunki u bu divizionda eng kuchli qo'l zarbasiga ega. U Aleks Pereyradan ham kuchlimi? Albatta. Bogdan bir zarba bilan nokaut qila oladi, Pereyra esa — yo'q. Aleks bir nechta zarba aniq berib, keyin raqibni finish qilishi mumkin. Bogdan esa raqibni batamom “o'chirib” qo'yishi mumkin. Va shunday “qurol”ga ega jangchida istalgan raqibni mag'lub etish imkoniyati bor", — dedi Azizyan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar