05 avg 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy Islam Maxachevning yana necha yil jang qilishi mumkinligini aytdi
UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni, rossiyalik Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes rossiyalik jangchi faoliyatini yakunlash arafasida emasligini takidladi.
"Islam bu ishidan zavq olayotgan, o'zi sevgan mashg'ulot bilan shug'ullanayotgan va raqiblarini mag'lub etayotgan ekan, faoliyatini davom ettiradi. U faqat o'zi istagan paytda karerasini yakunlaydi. Yaqinda aytgandim, Islam yana besh, olti, hatto etti yil ham jang qilishi mumkin. Lekin u menga: "Murabbiy, men bunchalik uzoq jang qilishni istamayman", deb aytgandi", — dedi Mendes Submission Radio nashriga bergan intervyusida.
Islam Maxachev 34 yoshda. Dog'istonda tavallud topgan sportchi jangovar sambo bo'yicha Rossiya va jahon chempioni hisoblanadi. U 2010 yildan buyon MMA qoidalari asosida faoliyat yuritib kelmoqda, 2015 yilda esa UFC'da debyut qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar