20 avg 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"U yarim og'ir vaznda jang qilishi kerak". Xaver Mendes - Maxachevning ehtimoliy raqibi haqida
Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes ekvadorlik Maykl Morales Maxachev - Gerri o'rtasidagi jang uchun zaxira jangchi sifatida qatnashish maqsadida 20 kilogrammdan ortiq vazn tashlagani haqidagi xabarga izoh berdi.
"Uning vazni 100 kg bo'lganmi? (kuladi) Voy! 23 kilogramm-a! Xudoyim, u juda katta yigit ekan! Bu juda og'ir vazn. U 93 kilogramm vazn toifasida jang qilishi kerak.
Afsuski, bunday kuchga ega bo'lib, shunchalik ko'p vazn tashlasangiz, raundlar davomida kuchingizni yo'qotasiz. Agar u raqibini uchinchi raundgacha to'xtata olmasa, katta mushak massasi va vazn tushirish jarayoni sababli to'rtinchi va beshinchi raundlar juda og'ir kechadi", — dedi Mendes.
/news/big/i/z/on-dolzhen-dratsya-v-polutyazhyolom-vese-haver-mendes-o-vozmozhnom-sopernike-mahacheva_17871370821853875084.jpg)
Havola :
Manba : Submission Radio
O’xshash yangiliklar
15:09
Jon Jons Islam Maxachevni barcha davrlarning eng buyuk jangchisi deb tan olishdan bosh tortdi 0
Fikrlar