18 okt 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Jeyron Ennis uchun eng xavfli raqibni aytdi
Murabbiy Stiven Edvards MillCity Boxing nashriga bergan intervyusida amerikalik bokschi Jeyron Ennis uchun eng xavfli raqib rossiyalik ekanini malum qildi.
"Ennis uchun eng xavflisi Bahrom Murtazaliev. Nega aynan u? CHunki u qarshilik ko'rsatishni biladi. Ennis esa biroz hujumkor jangchi. Jeyron ajoyib zarba berish qobiliyatini namoyish etmoqda. Ammo o'z vaqtida berilgan zarba bilan istalgan odamni yiqitish mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerak", - dedi Edvards.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta oxirida Filadelfiyada super o'rta vazn toifasiga o'tgan "Buts" laqabli Jeyron Ennis angolalik Uisma Limani birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Avvalroq, ushbu yo'nalishda IBF chempioni rossiyalik Bahrom Murtazaliev Ennisga qarshi jangga tayyorligini malum qildi. U 2025 yilda hozircha jang o'tkazmagan.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar