17 okt 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Jorj Sen-Perning Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish ehtimoli haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabi Jorjning Xabib bilan jang qilish ehtimolligini baholadi.
Eslatib o'tamiz Jorj Sen-Per faoliyatini 2019 yilda tugatgan. Jangchi arzigulik taklif bo'lsagina UFCga qaytishi mumkinligini aytgandi.
"O'ylashimcha, jangning ehtimolligi 50%. Agarda Xabib Getjini mag'lubiyatga uchratsa, bu Jorjga yana bir jang o'tkazish uchun xohish berishi mumkin. Xabib - Sen-Per jangi Jorj qaytishi mumkin bo'lgan yagona jang. Agarda Xabib Getjiga mag'lub bo'lsa, unda Jorj qaytish haqida o'ylamaydi",-dedi murabbiy.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar