28 okt 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Murodjon Ahmadalievning gonorari haqida gapirdi
Kecha Milliy olimpiya qo'mitasida boksimiz yulduzlari va murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Murodjon Ahmadalievga himoya jangida olinadigan gonorar haqida savol berildi.
Ushbu savolga murabbiy To'lqin Qilichev javob berdi.
"SHu yili yanvar oyida Ahmadaliev chempionlik uchun davogar sifatida jang qilgandi. O'shanda u ajratilgan gonorarning 30 foizini olgandi. Bu jang oldidan belgilangan, kim g'olib bo'lishidan qati nazar ajratiladigan summa edi. Endi Murodjon navbatdagi jangini chempion sifatida o'tkazadi va 70 foiz miqdordagi summaga egalik qiladi. Hozircha bu borada aniq malumot yo'q. Muzokaralar olib borilmoqda, tafsilotlar aniq bo'lgach gonorar summasi aniq bo'ladi", - dedi To'lqin Qilichev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar