08 apr 16:29
Yangiliklar
Murabbiy Pereyra bilan revansh jangga tayyorgarlik ko'rayotgan Adesanyaga qanday ko'rsatmalar berganini aytdi
"Men Israeldan o'tmishga qarashni so'radim. Uning qiyin paytlarda qaror qabul qilish qobiliyati haqida gapiryapman. SHuningdek, jangda harakat qilish qobiliyati haqida. U yoshligida bo'lgan narsalarni eslashi kerak. SHunda u o'zini yanada erkin his qildi. Men hammasini eslashini so'radim.
Undan eski janglarini tomosha qilishni aytdim, aynan qaysi janglar ekanligini aytmayman. U o'zida eski Adesanyani topishi va bularning barchasini yaqinda olgan ko'nikmalari bilan birlashtirishi kerak. Agar u bularning barchasini uddalay olsa, biz jangda mutlaqo boshqa Adesanyani ko'ramiz", - dedi murabbiy.
Pereyra va Adesanya o'rtasidagi revansh jangi 9 aprel kuni UFC 287 musobaqasining asosiy jangi doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar