13 may 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy Siril Ganning qachon safga qaytishini aytdi
Siril Ganning murabbiyi Fernand Lopes shogirdi qachon safga qaytishi va kim bilan jang qilmoqchi ekanligini malum qildi.
"U qachon safga qaytadi? Sentyabrda! Sergey Pavlovich unga yaxshi raqib bo'la oladi", - dedi Lopes "MMA News" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 4 martdan 5 martga o'tar kechasi Las-Vegasda o'tkazilgan UFC 285 turnirida Jon Jons og'ritish usuli bilan Siril Ganni mag'lub etib, promoushenning og'ir vaznidagi yangi chempioniga aylangandi. O'shanda Jon Jons so'nggi uch yil davomidagi ilk jangini o'tkazgandi.
Sergey Pavlovichda esa 6 nokautlik seriya mavjud. Ushbu g'alabalarning barchasi birinchi raunddayoq qayd etilgani rekordga aylangandi. U o'zining so'nggi jangini aprel oyida UFC Fight Night 222 turnirida Kyortis Bleydsga qarshi o'tkazgan.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar