04 jan 17:01
Yangiliklar

Murabbiy Usik - Joshua revanshi uchun taxminini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderning murabbiyi Malik Skott WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangidan kutayotganlari bilan o'rtoqlashdi.
Murabbiyning fikriga ko'ra, ikkinchi qarama-qarshilik bokschilarning birinchi jangidan ko'ra qiziqarliroq bo'lishi mumkin.
"Menimcha, Joshua o'zini mag'lub etgan bokschi bilan revanshda hisob-kitob qilishi kerak. U xuddi Endi Ruis bilan bo'lganidek, "orqa oyoqda" Usik bilan jang qilmasa kerak. Fikrimcha, Usik Joshuani o'qiy oldi.
Agar pul tikganimda, revansh qiziqroq bo'lishiga garov qilgan bo'lardim. SHunga qaramay, men Usikning g'alabasini taxmin qilaman", — Skottning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, bokschilar 2021 yil 25 sentyabrda Londonda jang qilgan, unda hakamlarning qaroriga ko'ra ukrainalik bokschining qo'li baland kelgan.
Diyor Mavlonov tayyorladi
Fikrlar