11 fev 15:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Xamzat CHimaev va Robert Uittaker o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittakerning murabbiyi Aleks Preyts o'z shogirdi va shveciyalik Xamzat CHimaev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikrlarini bildirdi.
"UFC bu jangni tashkil etishni istamoqda. Biz hozircha UFCdan hech qanday rasmiy hujjatlarni olganimiz yo'q, ammo bu jang xuddi chempionlik jangi kabi katta nomga ega bo'ladi.
SHubhasiz, CHimaev kurash va grepplingda eng kuchli jangchilardan hisoblanadi. Lekin, Robertning o'ziga xos uslubi bor va uni Xamzat uchun eng yaxshi raqib deb hisoblamaydi. Uitteker zarba berishda yaxshiroq. CHimaev Robertni erga o'tkazgan taqdirda ham uni maydonda ushlab turish uchun ko'p kuch sarflaydi va shundan so'ng Uittekerning zarba berishdagi ustunligi jang so'ngida yaqqol namoyon bo'ladi", - dedi Preyts.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar