02 dek 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiy Yanning Sterlingga qarshi jangi qachon bo'lishi mumkinligini aytdi
UFC chempioni Petr Yan kelasi yili fevral oyida Sterlingga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida Sterlingning murabbiyi Rey Longo aytib o'tdi.
"Yan raqib bo'lib qolaveradi. Hozirda 13 yoki 20 fevral varianti ko'rib chiqilmoqda.
O'ylashimcha, 13 fevral tanlanadi", - dedi Longo.
Eslatib o'tamiz, jang 12 dekabr kuni UFC 256 turniri doirasida o'tkazilishi lozim edi. Ammo rossiyalik sportchining muammolari sabab ushbu bahs bekor qilindi.
Havola :
Manba : Allboxing
Fikrlar