So’nggi yangiliklar

18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:50Ян Блахович тиззасидан операция қилинди (ФОТО) 0 13:29Мбаппенинг маошидан кўпроқ? Винисиус "Реал" билан янги шартнома бўйича келишувга эришди 0 13:08Жавоҳир Синдаров, Нодирбек Абдусатторов ва бошқа шахмат юлдузлари футбол ўйнашди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

09 sen 11:46
Yangiliklar

Dzyudo

Murabbiylik faoliyatini boshlagan SHarofiddin Lutfullaev yana bir yoshga ulg'aydi

Bugun erishgan natijasi bilan nafaqat dzyudo, balki o'zbek sportida katta obro'ga ega bo'lgan SHarofiddin Lutfullaev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

SHarofiddin polvonlar yurti - Surxondaryo viloyatining Angor tumanida dunyoga kelgan. U avvaliga kurash, keyin esa dzyudo bilan shug'ullana boshlagan. Bugungi qahramonimizning sportni tanlashiga mehribon onajonisi sabab bo'lgan. Murabbiyi - Bekzod To'raboev. SHarofiddinning erishgan yutuqlari va bugungi darajasiga chiqishida aynan Bekzod akaning xissasi katta. 

2019 yilning sentyabrida SHarofiddin dzyudo vatani Yaponiyada o'tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan. Lutfullaev aynan o'sha musobaqadan so'ng Olimpiada reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olgan edi. SHarofiddinning yutuqlaridan yana biri 2013 yilda Abu-Dabi Gran-prisiga to'g'ri keladi. O'shanda yosh dzyudochimiz London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rossiya terma jamoasiga 22 yillik tanaffusdan so'ng ilk oltin medalni taqdim etgan Arsen Galstyanni mag'lub eta olgandi. 

Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodiy guruhi hamda o'quvchilari nomidan kuni kecha o'zi tug'ilib o'sgan Surxondaryoda murabbiylik faoliyatini boshlagan "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohibi SHarofiddin Lutfullaevni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. Olimpidadagi orzusi ro'yobini murabbiy sifatida tayyorlaydigan shogirdlarida ko'rish baxti nasib etsin.  

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing