06 sen 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Murad Abdullaev yangi ACA chempioniga aylandi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida aralash yakkakurash bo'yicha ACA 110 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasi chempionligi uchun o'tkazilib, unda Murad Abdulaev va Ali Bagov o'zaro to'qnash kelishdi. Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda Abdulaevning g'alabasi bilan yakunlandi.
SHu tariqa Murad Abdullaev ushbu vazn toifasining yangi chempioniga aylandi. Turnir doirasida Eduard Vartanyan Muhammad Kokovani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Lekin liga asoschisi Mayrbek Xasiev ACA hakamlarning bahsli qarori sabab jangni o'tkazilmagan deb elon qildi.
Havola :
Fikrlar