07 noy 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Muradov Legion Team jamoasi azosi Octagon 81 turnirida jang qiladi
Ertaga Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 81 musobaqasi o'tkaziladi.
Turnirda Muradov Legion Team klubi azosi, o'zbekistonlik yosh aralash yakkakurash ustasi Behruz Isroilov ham chiqish qiladi. Isroilovga shu kuni Qozog'iston vakili Kuanish SHimkentbay raqiblik qiladi.
Behruz ham, Kuanish ham faoliyati davomida 4 tadan jang o'tkazib, 3 tadan g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etishgan.
Avvalroq, Octagon 81 turnirida hamyurtlarimizdan Odilxon Kamolov ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar