29 avg 11:13
Yangiliklar
Murat Gassiev nihoyat qaytmoqda, u jang sanasini elon qildi
Rossiyalik bokschi katta tanaffusdan so'ng, nihoyat 30 sentyabr kuni o'z jangini o'tkazadi.
"Hammaga salom! Nihoyat, o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga etib keldik. Yaxshi yangiliklar bor: keyingi jangim 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Hammaga omad! Biz esa tayyorgarlikni davom ettiramiz", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yangilikni ulashgan Gassiev.
Avvalroq Gassievning raqibi katta ehtimol bilan shveciyalik Otto Vallin (25-1, 14 KO) yoki kongolik Martin Bakole (19-1, 14 KO) bo'lishi mumkinligi aytilgandi. Tez kunda 29 yoshli Muratning raqibi rasman malum qilinadi. Gassiev 2016 yilning dekabrida hamyurti Denis Lebedevni mag'lub etib, IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgan. 2018 yilning fevralida esa kubalik Yunier Dortikosdan WBA kamarini tortib olgandi. U faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini superog'ir vazn toifasida uchta asosiy kamar sohibi bo'lib turgan ukrainalik Aleksandr Usikdan qabul qilib olgan.
Fikrlar