16 iyu 15:17
Yangiliklar

Murat Gassievning superog'ir vazndagi debyuti kazinoda bo'lib o'tadi
Rossiyalik bokschi kuzda Sochi shahridagi kazinolarning birida ringga ko'tariladi. Bu haqida Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov xabar berdi.
"Ha, Muratning jangini Sochi shahridagi kazinolarning birida o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Lekin Gassievning debyuti aniq yoz faslida bo'lmaydi. Biz kuz oylarini mo'ljallayapmiz", — deya Kremlyovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, Murat Gassievning superog'ir vazndagi debyuti aslida 2019 yili o'tkazilishi kerak edi. Lekin yuzaga kelgan qator muammolar sabab uning jangi bir necha bor bekor qilingandi. 26 yoshli bokschi prof ringdagi 28 ta jangining 26 tasida g'alaba (19 ta nokaut) qozongan. Bitta jangda mag'lubiyatga uchragan va yana bir bahs o'tkazilmagan deb topilgan.
Fikrlar