So’nggi yangiliklar

23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0

06 jan 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Murod Xonto'raev o'limi bo'yicha ochilgan ish tugatildi. Gentra’ga etkazilgan zarar sug'urta hisobidan qoplanadi

Teglar :  Murod Xonto'raev
Avtohalokat qurboni bo'lgan O'zbekiston MMA associaciyasi vice-prezidenti Murod Xonto'raevning o'limi bo'yicha ochilgan jinoiy ish hodisada jinoyat tarkibi bo'lmagani uchun harakatdan tugatilgan.

YTH ishtirokchisi bo'lgan Gentra rusumli avtomobilga etkazilgan zarar Xonto'raevning BMW mashinasi sug'urtasidan qoplanadi.


Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatining malum qilishicha, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida Murod Xonto'raev amaldagi “Yo'l harakati qoidalari”ning 3, 4, 73, 77 hamda 79-bandlari talablarini qo'pol ravishda buzgani aniqlangan.


Qayd etilishicha, marhum MMA jangchisi:


– “Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi qonun talablariga amal qilmagan;


– yo'l harakati qatnashchilari, xususan, Gentra rusumli avtomashina harakatlanishiga xavf tug'dirgan;


– o'zi bilan bir yo'nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashina orqasidan hamda chap tomonlama (beton to'siqqa nisbatan) xavfsiz oraliq masofa saqlamagan;


– harakatlanish vaqtida aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelganda transport vositasining tezligini u to'la to'xtashni taminlaydigan darajada kamaytirishi yoki to'siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug'dirmagan holda aylanib o'tish choralarini ko'rmagan;


– aholi punktlaridan tashqarida engil avtomobilga ruxsat etilgan tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirgani natijasida faqat o'zi og'ir tan jarohati olib vafot etgan.


Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xulosasiga ko'ra, Murod Xonto'raev YTH oqibatida vafot etgani, u bilan birga bo'lgan yoki YTHning boshqa ishtirokchilariga o'rtacha, og'ir jarohat etmagani hamda o'lim holati kuzatilmagani sababli sportchining o'zi aybdor deb topilgan. SHu munosabat bilan jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.


Eslatib o'tamiz, 1987 yilda tug'ilgan Murod Xonto'raev 2021 yilning 19 iyul kuni o'zining boshqaruvidagi BMW avtomobilida avtohalokatga uchrab vafot etgandi. Hodisa Bo'stonliq tumani, Qoronqul qishlog'i hududidan o'tgan 4R6 “Bektemir-CHorbog'” avtomobil yo'lining 68-kilometrida sodir bo'lgan.


O'limidan oldin MMA jangchisi o'zi bilan bir yo'nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan Gentra rusumli avtomashinaning orqa chap burchagiga to'qnashgan. Natijada sportchi boshqaruvni yo'qotib, mashina ag'darilgan, haydovchi Murod Xonto'raev olgan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgandi.


Avtomashina old o'rindig'ida bo'lgan yo'lovchi 1995 yilda tug'ilgan Jasurbek Anarboev ham YTH oqibatida jarohat olgan, biroq uning jarohati engil bo'lib chiqqandi.


Xonto'raev MMAdagi professional faoliyatini 2013 yilda boshlagan, xalqaro arenalarda natija ko'rsatib, «Osiyo ayig'i» laqabi bilan mashhur bo'lgan. U jami 15ta jang o'tkazib, shundan 12tasida g'alaba qozongan, uchta jangda mag'lub bo'lgan, yana bir jang natijasi bekor qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing