11 mar 13:07
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Murodjon Ahmadaliev AQSHda mashg'ulotlarga kirishdi (VIDEO)
Ikkinchi eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliev keyingi jangi uchun tayyorgarliklarni boshladi.
			Hamyurtimiz 2 mart kuni Kaliforniya shtati, Indio shahridagi bazasiga etib borgan edi.
Kecha u Instagram tarmog'iga mashg'ulotlaridan video joylab, uni quyidagicha izohladi:
"Keyingi uchun mashg'ulotlar yig'ini boshlandi. Tez orada".
Avvalroq, Ahmadaliev sentyabr oyida vaznning mutlaq chempioni Naoya Inoue bilan jang qilishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bu bahsdan oldin Murodjon boshqa raqibga qarshi sinov jangini o'tkazib olishi ehtimoli mavjud.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar