15 dek 03:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev Inouega: "Nima uchun jangni istamayapsan?"
Murodjon Ahmadaliev Monakoda tashkil etilgan jang oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raundda nokautga uchratdi.
Jangdan so'ng u o'z vaznining mutlaq chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega murojaat qildi.
"Men g'alaba qozondim, istalgan payt Inoue bilan jang qilishga tayyorman. Nima uchun jang qilishni istamayapti, shu menga qiziq. Inoue, nima uchun jangni istamayapsan? Men doim tayyorman. Qoida bor: chempion kamarini himoya qilishi lozim. Men ham kamarimni himoya qilganman. Agar jangni istamasang, uni vakant qoldir. Men istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman.
Boshqa yo'l yo'q, men o'z divizionimning zo'riman. Men u bilan jangni istayman", - dedi Ahmadaliev.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar