29 jan 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev kamarlarini ketma-ket himoya qiladi
CHarm qo'lqop ustamiz Murodjon Ahmadaliev WBA kamarini himoya qiladi.
Birinchi yarim engil vazn toifasida WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliev WBA kamarini Ronni Riosdan himoya qiladi.
Avvalroq har ikki tashkilot Ahmadaliev uchun majburiy himoya jangi buyurgan edi. Malumotlarga qaraganda, tashkilotlar o'rtasida kelishuv yo'lga qo'yilgan. Unga ko'ra, "KAKA"ning birinchi bo'lib WBA kamarini Roni Riosdan (90 kun ichida) himoya qilishi belgilandi. SHundan so'ng u IBF kamarini himoya qilish uchun majburiy davogar Marlon Tapalesga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : BOXINGSCENE
Fikrlar