11 okt 17:29
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev kelasi oy Toshkentda jang o'tkazishi mumkin
Bu haqida sportchi OlympicUz ko'rsatuvida malum qildi.
"Xudo xohlasa jangim 28 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da o'tkazishni rejalashtiryapmiz.
Raqib? Hozirda IBF yo'nalishi bo'yicha davogar yaponiyalik bokschini o'rganyapmiz. Uning bo'yi uzun, chapaqay. Murabbiylar bilan o'z ustimizda ishlaymiz. Oxirgi jangdan ham ikki barobar ko'proq kuch bilan ishlashga harakat qilaman", - dedi Ahmadaliev.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev IBF va WBA yo'nalishlarida ikkinchi engil vazn toifasining jahon chempioni hisoblanadi. IBF yo'nalishida ayni paytda TOP15da ikki nafar yaponiyalik bokschi bor. Ulardan biri Xiroaki Teshigavara bo'lsa (3-o'rin), yana biri 13-o'rindagi Ryo Akaxodir. SHuningdek, Ryosuki Ivasa IBF yo'nalishida Interim kamari sohibi bo'lib turibdi.
Fikrlar