29 noy 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Murodjon Ahmadaliev: "U qochishi mumkin, lekin men o'zimnikini qay yo'l bilan bo'lsa ham olaman"
Ikkinchi eng engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev navbatdagi jangi oldidan fikr bildirdi.
U 14 dekabr kuni Monte-Karloda bo'lib o'tadigan prof boks oqshomi doirasida meksikalik Rikardo Espinoza bilan jang qiladi.
"P4P yulduzi ko'rinishidan katta chaqiruvlarga tayyor emasga o'xshaydi. U qochishda davom etishi mumkin, lekin men o'zimga tegishlisini qanday yo'l bilan bo'lsa-da olaman. MJ yana biznesga qaytdi", deydi Ahmadaliev.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy davogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining so'nggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar