So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

03 fev 15:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievga "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni, uy va "Treker" avtomobili topshirildi + FOTO

Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, terma jamoamiz safida Olimpiya o'yinlari, jahon va Osiyo chempionati sovrindorlari bo'lgan Murodjon Ahmadaliev professional boksda ikki yo'nalish (WBA va IBF) kamarini qo'lga kiritdi.

Bugun bokschimiz yurtimizga qaytib keldi. U Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. 

Kutib olish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari va O'zbekiston boks federaciyasi raisi Achilbay Ramatov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, uning birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, sportchining yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Kutib olish marosimidan so'ng "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida bokschimizni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. Abdulla Nigmatovich tadbir davomida so'zga chiqar ekan, Ahmadalievning ushbu g'alabasi o'zbek sporti uchun ulkan yutuq ekanligi, jahon boksidagi 42 yillik rekord aynan o'zbekistonlik bokschi tomonidan takrorlangani muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o'tdi. 

SHuningdek, tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning sportchimizga «O'zbekiston iftixori» faxriy unvonini berish to'g'risidagi farmoni o'qib eshittirildi. So'ngra, Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident sovg'asi sifatida Toshkent shahridan 3 xonali uy va "Treker" avtomobilining kalitini bokschimizga topshirdi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
03 fev 16:59:53
Баходир Абдуллаев
Буюрсин, укам, келажакда омад йор булсин
+1   
03 fev 16:26:36
Shohruh Lazizov
Haqiqiy O'zbek o'g'loni Murodjon chin qalbimizdan tabriklimiza!!! Bundan yuqori natijalaga erishkin Ilohim!!!!
   
04 fev 09:08:27
Xusniddin94724
Adminlar Murodjon Ahmadaliyev qancha gonararga ega bo'ldi shu haqida ma'lumot beringlar!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing