11 jan 11:31
Yangiliklar

Murodjon Ahmadalievning jangi bo'yicha gonorar taqsimoti malum, promouterlik savdosi muddatidan oldin o'tkaziladi
Tashkilot tomonlarga kelishuvga erishish uchun 2 fevralga qadar muhlat bergandi. Biroq, Tapalesning jamoasi ushbu aukcionni muddatidan oldin o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
O'z navbatida IBF buni qanoatlantirdi va aukcion 18 yanvar kuni o'tkazilishini elon qildi.
IBF qoidalariga ko'ra, g'olib bo'lishni istagan tomon kamida 25 ming dollar pul taklif qilishi lozim. Savdolar shartiga ko'ra, Ahmadalievning jamoasi gonorarning 65 foizini oladi. Tapales esa 35 foizga ega bo'ladi.
Ahmadalievning avvalgi jangini "Matchroom Boxing" kompaniyasi 525 555 AQSH dollari evaziga sotib olgandi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev Daniel Romanni mag'lub etib, IBF va WBA kamarlarini qo'lga kiritgandi. SHundan so'ng u 2021 yilning aprel oyida Ryosuke Ivasani, noyabrda esa Xose Velaskesni mag'lubiyatga uchratib, kamarlarini himoya qildi.
Fikrlar